Ilon Mask Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga nomzod bo'ldi
Dunyo
Norvegiya parlamenti deputati Marius Nilsen amerikalik milliarder va ixtirochi Ilon Maskni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.
Nilsenning ta'kidlashicha, Mask tomonidan asos solingan yoki boshqariladigan ko'plab texnologiya kompaniyalari jamiyatni rivojlantirish, Yer va koinot haqidagi bilimlarni kengaytirish va global aloqalarni ta'minlashga qaratilgan.
Deputat Ilon Mask nomzodini u “muloqot, so‘z erkinligi va o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatini qat’iy himoya qilgani” uchun ilgari surganini aytdi.
Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan edilar.

Powered by Froala Editor