Imron Xon 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Dunyo
Pokiston sobiq Bosh vaziri sud majlisida ishtirok etmagan. Advokatining soʻzlariga koʻra, u Lahorda hibsga olingan, ayni vaqtda sud qaroriga qarshi ariza topshirilgan. O‘tgan yilning aprel oyida hokimiyatdan chetlatilganidan beri Imron Xonga qarshi 150 dan ortiq ish qo‘zg‘atilgan.
Pokiston mahkamasi sobiq Bosh vazir Imron Xonni davlat sovg‘alarini noqonuniy sotishda ayblab, uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi va politsiya uni hibsga oldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 70 yoshli kriketchi va siyosatchi 2018-yildan 2022-yilgacha yaʼni Bosh vazir boʻlgan paytlar chet elga tashrifi chog‘ida qabul qilib olingan qiymati 140 million Pokiston rupiyasidan (635 ming dollar) ortiq davlat mulkiga tegishli sovg‘alarni sotib olish va sotish orqali oʻz lavozimini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
Xonning advokati Intezar Panjothaning Reuters’ga aytishicha, politsiya sobiq Imron Xonni uyida hibsga olgan.
"Biz qarorga qarshi Oliy Sudga ariza beramiz", deya qo'shimcha qildi Panjotha.
“Al Jazeera”ning aytishicha, protokol bosh vazirdan mulklarni hukumatning xavfsiz uyida saqlashni talab qiladi, Xon esa ularni oʻz foydasi uchun sotgan.
Qayd etilishicha, Xon sud majlisida ishtirok etmagan. O‘tgan yilning aprel oyida hokimiyatdan chetlatilganidan beri unga qarshi 150 dan ortiq ish qo‘zg‘atilgan.
U o‘z aybini inkor etib, ayblovlar siyosiy sabablarga ko‘ra ekanligini ta’kidlab keladi.
Huquqiy ekspertlarning ta'kidlashicha, ushbu ayblov qarori uning noyabr oyiga qadar o'tkazilishi kerak bo'lgan milliy saylovlarda ishtirok etish imkoniyatini yo'qqa chiqarishi mumkin.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif parlamentni vakolat muddati tugashiga uch kun qolganda, 9-avgust kuni tarqatib yuborishni taklif qildi, bu esa siyosiy nuqtai nazardan ovoz berish uchun zamin yaratadi.

Powered by Froala Editor