Imron Xon qamoq jazosiga hukm qilindi
Dunyo
Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yillik qamoqqa hukm qilindi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
"Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi", deya xabar beradi sobiq bosh vazirning partiyasi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.
Reuters’ning xabar berishicha, sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e’tiroz bildirmoqchi.
2022-yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Imron Xon, avvalroq korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm 2023-yil avgustida chiqarilgan edi.
Yangi hukm umumiy Pokistondagi umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi. Bu esa sobiq bosh vazirning saylovda qatnashishi taqiqlanishini bildiradi.
Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda va ularni siyosiy xarakterga ega deb hisoblaydi.

Powered by Froala Editor