“Incheon International Airport Corporation” bilan o‘zaro manffatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida “Incheon International Airport Corporation” prezidenti vazifasini bajaruvchi Kim Bom Xo bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Incheon International Airport Corporation” bilan o‘zaro manffatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi
Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

“Incheon International Airport Corporation” kompaniyasining Toshkent shahrida oʻz vakolatxonasini ochish rejalari qoʻllab-quvvatlandi. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash boʻyicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.

Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirokini davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing