Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25–26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Kun tartibiga siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va konchilik sohalarida kooperatsiya masalalari kiritilgan.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida tajriba almashishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar paketi imzolanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing