iOS 18 “Apple” tarixidagi eng katta tizim yangilanishiga aylanadi

Texnologiya

“Apple” kompaniyasi o'zining operatsion tizimiga yirik yangilanish — iOS 18 ustida faol ishlamoqda. Bu kompaniya tarixidagi eng muhim yangilanishlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Yangilanish taqdimoti har yili bo'lib o'tadigan Butunjahon dasturchilar konferentsiyasida (WWDC) o’tkaziladi.

iOS 18 “Apple” tarixidagi eng katta tizim yangilanishiga aylanadi
Kompaniyaning dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo'limi boshlig'i Kreyg Federigining ta'kidlashicha, “Crystal” kod nomi bilan tanilgan operatsion tizimning yangi versiyasi tizimning turli jihatlarida sezilarli o'zgarishlarni o’z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, yangilanish “Siri” ovozli yordamchisining sun’iy intellekt funksiyalari va kengroq til modellaridan foydalanish funksiyasi o’rnatilishini nazarda tutadi. Tavsiyalar berish va matnlarni avtomatik ravishda tugallash maqsadida “Xabarlar” ilovasiga sun’iy intellektni tatbiq etish rejalashtirilmoqda. “Apple Music”ga har bir insonga moslashtirilgan pleylistlarni yaratishga imkon beruvchi yangi sun'iy intellekt xususiyatlari joriy etilmoqda. Bundan tashqari, “Keynote” va “Pages” kabi “iWork” ilovalarida generativ sun’iy intellekt funksiyalari ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. Xuddi shu xususiyatlar ilovalarni ishlab chiqish jarayonini yaxshilash uchun “Xcode”ga integratsiya qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing