Isroil zarbasi oqibatida “Hizbulloh” yetakchisi o‘ldirildi

Dunyo

Isroil Mudofaa kuchlari ma’lum qilishicha, juma kuni Livan poytaxti Beyrutda amalga oshirilgan havo zarbasi natijasida “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasralloh o‘ldirilgan.

Isroil zarbasi oqibatida “Hizbulloh” yetakchisi o‘ldirildi
TsAXALning xabariga ko‘ra, aniq zarba “Hizbulloh” rahbariyati o‘z shtab-kvartirasida yig‘ilgan paytda amalga oshirilgan. Nasralloh 30 yildan ortiq vaqt davomida bu tashkilotni boshqarib kelgan.

“Hizbulloh” ko‘p yillardan beri Isroil bilan keskin qarama-qarshilikda bo‘lib, Nasralloh bu guruhning asosiy strategik qarorlarini qabul qilgan shaxs sifatida tanilgan edi.

Bu hodisa mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi kutilmoqda, chunki Nasrallohning o‘ldirilishi “Hizbulloh”ning kelajakdagi harakatlariga ta’sir qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing