Isroilda qurilish maydoniga zarba: O‘zbekistonda tug‘ilgan erkak halok bo‘ldi
O'zbekiston
Isroilning Yehud shahridagi qurilish maydoniga raketa zarbasi berilishi oqibatida O‘zbekistonda tug‘ilgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 9 mart kuni sodir bo‘lgan. Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs 62 yoshli R.G. bo‘lib, u O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan.
2017 yilda u O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan va so‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab, ushbu davlat fuqaroligini olgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Isroilga avvalroq repatriatsiya qilgan va Isroil Mudofaa Armiyasida xizmat qilgan o‘g‘lining ortidan ko‘chib borgan. Raketa zarbasi vaqtida R.G. hamkasbi bilan birga qurilish maydonida bo‘lgan.
Marhumdan rafiqasi, o‘g‘li, qizi va to‘rt nafar nabirasi qolgan.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, 11 mart holatiga ushbu hodisa natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Diplomatlar Isroilda vaqtincha ishlayotgan yoki doimiy yashayotgan vatandoshlarni ogohlantirish signallariga jiddiy munosabatda bo‘lishga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor