Isroilni Erondagi gaz quvuriga hujum qilishda ayblashmoqda

Dunyo

Isroil 14-fevral kuni Erondagi ikkita gaz quvuriga yashirin hujumlar uyushtirgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “The New York Times”.

Isroilni Erondagi gaz quvuriga hujum qilishda ayblashmoqda
Ikki G‘arb rasmiysi va bir harbiy strateg ham xuddi shunday fikr bildirdi.

Ismi oshkor etilmagan amaldorlardan biri zarbalar ramziy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi, chunki Eron shikastlangan gaz quvurlarini tiklashda unchalik qiyinchilikka duch kelmaydi. Tinch aholiga katta zarar yetkazilmadi.

Nashr manbalarining fikricha, shu yo‘l bilan Isroil Eronga, agar mojaro avjiga chiqsa yoki butun Yaqin Sharq mintaqasiga tarqalsa, zarar yetkazishga qodirligini aniq ko‘rsatgan.

Eslatib o’tamiz, Eron 14-fevral kuni 65-liniya gaz quvurida ikkita portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Mahalliy rasmiylar qoʻporuvchilik harakati ehtimolidan gumon qilmoqda. Mahalliy OAVning aniqlik kiritishicha, portlashlar mamlakat gaz ta’minotiga ta’sir qilmagan va rasmiylarning fikricha, aholi orasida zarar ko’rganlar yo’q.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing