IUCN rahbari Gretel Agilar O‘zbekistonga keldi

O'zbekiston

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bosh direktori doktor Gretel Agilar 12—17-fevral kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning #CMSCOP14 konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

IUCN rahbari Gretel Agilar O‘zbekistonga keldi
Mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov kutib olgan.

Ma’lumot uchun: Doktor Gretel Agilar 2023-yil oktabr oyidan buyon IUCN rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish, hukumatlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ekologik qonunchilikni qo‘llab-quvvatlash borasida 30 yillik tajribaga ega.

Eslatib o‘tamiz, CMS COP14 doirasida Toshkent shahrida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing