Jadidlar g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang – Mirziyoyev

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.

Jadidlar g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang – Mirziyoyev
Davlat rahbari O'zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda mamlakatga jadidlar kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarurligini ta'kidladi.

"Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi o‘rtasida katta qiziqish va e’tibor uyg‘otdi. Bu ishlarni yanada kengaytirish va yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezident qarori qabul qilinadi", dedi Mirziyoyev.

Mamlakat yetakchisiga ko'ra, ma’rifatparvar ajdodlar merosi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi tabiiy holdir.

"Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir, dedi prezident.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing