Javohir Sindarov “O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan sportchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Javohir Sindarovga “O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan sportchisi” faxriy unvonini taqdim etdi. Bu qaror uning shaxmat rivojiga qo‘shgan hissasi va jahon miqyosidagi yutuqlari bilan izohlandi.

Javohir Sindarov “O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan sportchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, milliy shaxmat terma jamoasi a’zosi Javohir Sanjarbekovich Sindarov “O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan sportchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Farmonda uning mamlakatda shaxmat sportini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, aholida shaxmatni ommalashtirishdagi sa’y-harakatlari, qat’iyati, irodasi, yuksak mahorati va Vatanga sadoqati alohida qayd etilgan. Shuningdek, Sindarovning xalqaro maydondagi yutuqlari orqali Yangi O‘zbekiston nufuzini oshirishdagi xizmati e’tirof etildi.

Bundan tashqari, Jahon Kubogi g‘olibi sifatida u Prezident sovg‘asi — uch xonali kvartira bilan taqdirlanadi. Uning murabbiylariga esa pul mukofotlari beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing