Jeff Bezos dunyo boylari roʻyxatida ikkinchi oʻringa koʻtarildi

Biznes

“Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos boylik bo‘yicha LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) bosh direktori Bernard Arnaultdan o‘zib ketdi va Bloomberg Billionaires Index talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Jeff Bezos dunyo boylari roʻyxatida ikkinchi oʻringa koʻtarildi
Ma’lumotlarga koʻra, Bloomberg Arnaultning boyligini 156 milliard dollarga baholagan.

2023-yil iyul oyida Bezos eng boy odamlar ro‘yxatida “Tesla”, “SpaceX” va “X” (sobiq Twitter) kompaniyalari egasi Ilon Mask va Bernard Arnaultdan keyin uchinchi o‘rinni egallagan edi. Oʻshanda uning boyligi 154 milliard dollarga baholangan.

Iyul oyida Bloomberg Arnaultning boyligini 200 milliard dollarga baholagan bo‘lsa, hozirda u 155 milliard dollarga teng.

Maskning umumiy boyligi iyul oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan - 234 milliard dollar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing