Jenisbek Piyozovga “Tatariston xalq artisti” unvoni berildi

O'zbekiston

O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Boshqirdiston xalq artisti Jenisbek Piyozov “Tatariston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi. Unvonni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov topshirdi.

Jenisbek Piyozovga “Tatariston xalq artisti” unvoni berildi
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning avgust oyida Jenisbek Piyozov “Boshqirdiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangandi.

Ma’lumot uchun, Jenisbek Piyozov 1988-yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlagan. 2018-yilda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti”, 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing