Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
Siyosat
Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Elison Lekler o‘z diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va mamlakatdagi faoliyatini tugatayotgan Kanada elchisi Elison Lekler o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanib borayotgani haqida so‘z borgan.
“O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun elchi xonimga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, dedi vazir.

Powered by Froala Editor