Karlson-Putin intervyusi: asosiy xulosalar

Dunyo

Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan ikki soatdan ortiq davom etgan intervyusi juma kuni kechqurun e'lon qilinganidan beri X ijtimoiy tarmog'ida deyarli 4 soat ichida 40 milliondan ortiq ko'rildi.

Karlson-Putin intervyusi: asosiy xulosalar
Putin Karlsonning asosan Gʻarb va Ukrainaga oid 60 ga yaqin savoliga javob berdi. Shov-shuvli suhbat davomida tilga olingan asosiy fikrlar:

Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralardan hech qachon bosh tortmagan va mojaro ertami kechmi tinch yo‘l bilan yakunlanishiga, ikki davlat aholisi o‘rtasidagi munosabatlar tiklanishiga ishonadi.

Putin AQSh prezidenti Jo Baydenni “Rossiyani chetga surib, tarixiy katta xatoga yo‘l qo‘yayotgani” haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Rossiya prezidenti josuslikda ayblanayotgan amerikalik Evan Gershkovichni ozod qilish mumkinligini tan oldi va tadbirkor Ilon Mask haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Putinning fikricha, “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” quvurlarida qo‘poruvchilik AQSh maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan.
Rossiyaning Polsha, Latviya yoki qit’aning boshqa davlatlariga hududiy da’volari yo‘q.

Rossiya bir qator sanksiyalarga qaramay, Yevropada birinchi iqtisodiyotga aylandi.

Moskva NATOga kirish imkoniyatidan manfaatdor bo’lgan va Vashingtonga raketaga qarshi mudofaani birgalikda qurishni taklif qilgan edi.

AQSh prezidentlari buni qo'llab-quvvatlashsa ham, ularning ma'muriyati buni rad etardi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing