Katta yettilik davlatlari: Rossiya Ukrainadagi urushni “bugun” tugatishi mumkin

Dunyo

Rossiya Ukrainadagi mojaroga bugun xalqaro tan olingan Ukraina hududidan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketish orqali yakun yasashi mumkin. Bu haqda katta yettilik davlatlari tashqi ishlar vazirlari bayonotida aytilgan.

Katta yettilik davlatlari: Rossiya Ukrainadagi urushni “bugun” tugatishi mumkin
"Biz Rossiya Federatsiyasidan Ukrainaning xalqaro tan olingan hududidan barcha harbiy kuch va texnikasini zudlik bilan, toʻliq va soʻzsiz olib chiqib ketishni talab qilamiz. Rossiya bu urushni bugun tugatishi mumkin", — deyiladi hujjatda.

Katta yettilik davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh) tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili Josep Borrel Rossiyaning davom etayotgan harbiy amaliyotini qoralab, demokratik Ukrainani qo'llab-quvvatlash kabi qat’iy pozitsiyalarini yana bir bor ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya 2022-yilning 24-fevralida boshlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing