Kiyev halol tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirdi
Dunyo
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning asosiy pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi — mamlakat «munosib tinchlik»ni istaydi va xalqaro diplomatik jarayonni izdan chiqaradigan biror harakat qilmaydi. Bu haqida u Telegram’dagi murojaatida ma’lum qildi.
Zelenskiy AQSh vakillari bilan uchrashuv o‘tkazganini, ular urushni yakunlash bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etganini bildirdi. Uning aytishicha, Ukraina tomon o‘zining asosiy tamoyillarini belgilab olgan va ikki davlat ekspertlari ushbu takliflar ustida batafsil ishlashni davom ettiradi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Ukraina keskin bayonotlar bermaydi va AQSh, Yevropa Ittifoqi hamda boshqa hamkorlar bilan «halol va aniq» ish olib borishga intiladi. U Yevropa davlatlariga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirib, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb hamda Fransiya rahbari bilan muntazam muloqotni alohida eslab o‘tdi.
Zelenskiy yaqin kunlarda Donald Tramp bilan ham muloqot o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «AQShning kuchi va yordami tinchlikni haqiqatan ham yaqinlashtirishi mumkin» va Ukraina bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni istamaydi.
Rossiya pozitsiyasiga to‘xtalib, u Moskvaning «tinchlikka chinakam istak ko‘rsatayotgani yo‘qligini», asosiy maqsadi esa sanksiyalarni yumshatish va vaqt yutish ekanini bildirdi. Zelenskiy fikricha, AQSh Rossiyani urushni tugatish bo‘yicha jiddiyroq munosabat bildirishga majbur qila oladi.
«Ukrainaga tinchlik kerak, va biz diplomatiyani go‘yoki biz buzayotgandek hech kim aytmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», — dedi u.

Powered by Froala Editor