Kosmik poyga tezlashmoqda: AQSh yiliga 1 000 ta uchirishga tayyorlanmoqda
Texnologiya
Rossiya va Xitoy kosmik sohadagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda. AQShda bu jarayon milliy xavfsizlik uchun potensial xavf omili sifatida baholanmoqda. Shu fon’da Donald Tramp ma’muriyati 2030 yilga qadar mamlakat kosmik infratuzilmasini yiliga 1 000 dan ortiq kosmik apparatni uchirish va qaytarishni ta’minlashga tayyorlash vazifasini qo‘ydi.
The Washington Post nashrining yozishicha, Vashingtonni xavotirga solayotgan omillardan biri Rossiyaning «Rassvet» nomli past Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldosh tizimini rivojlantirayotganidir. Nashr mualliflari bahosiga ko‘ra, tizimning kengayishi Rossiyaning sun’iy yo‘ldosh aloqasi va nishonni aniqlash imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin.
Yana bir muhim voqea sifatida Xitoy raketasining birinchi bosqichini dengizdagi platformaga muvaffaqiyatli qaytargani qayd etilgan. Xitoy 2026 yil iyul oyida bunday operatsiyani ilk bor amalga oshirdi. Qayta foydalaniladigan raketa texnologiyasi uchirish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi va avvalroq AQShning SpaceX hamda Blue Origin kompaniyalari tomonidan qo‘llangan.
Shu bilan birga, Vashington kosmik faoliyat hajmini keskin oshirishni rejalashtirmoqda. AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) o‘tgan moliyaviy yilda 205 ta tijoriy kosmik operatsiyani amalga oshirishga ruxsat bergan — bu yangi maqsaddan ancha past ko‘rsatkichdir.
The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, AQSh imkoniyatlarini kengaytirishdagi asosiy to‘siqlardan biri eskirgan start infratuzilmasidir. Uni texnik xizmat ko‘rsatish uchun ajratiladigan mablag‘larning qisqarishi modernizatsiya jarayonini murakkablashtirmoqda. Infratuzilmani yangilash uchun Kongress tomonidan qo‘shimcha investitsiyalar talab etilishi mumkin.
Kosmik missiyalarni amalga oshirishni sekinlashtirayotgan uzoq davom etuvchi tartibga solish va ruxsat berish jarayonlarini qisqartirish ham Vashington uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Rossiya esa «Rassvet» tizimini rivojlantirishda davom etmoqda. Mart oyida Bureau 1440 kompaniyasi tizimning dastlabki 16 ta sun’iy yo‘ldoshini past Yer orbitasiga chiqargan. Ular Starlink’ning Rossiyadagi muqobili sifatida ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor