Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatiladi

O'zbekiston

“O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatiladi
Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Institut quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatadi:

▪️ekspertlik faoliyati;
▪️ilmiy-tadqiqot faoliyati;
▪️noshirlik faoliyati;
▪️matbaa faoliyati.

Buyurtmachi xizmat ko‘rsatishni so‘rab Institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va Institut o‘rtasida ikki nusxada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Xizmatlar preyskuranti (narxlari) Institut tomonidan bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing