"Krokus Siti Xoll"dagi qurbonlar soni 360 nafarga yetdi

Dunyo

“Krokus Siti Xoll”dagi terakt oqibatida jabrlanganlar soni 360 nafarga yetdi. Bu haqda “TASS”ga Rossiyaning tabiiy ofatlar tibbiyot markazi ma’lum qildi.

"Krokus Siti Xoll"dagi qurbonlar soni 360 nafarga yetdi
“Chorshanba kuni ertalabki maʼlumotlarga koʻra, terakt oqibatida 360 kishi, jumladan, 11 nafar bola jarohatlangan”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning soʻzlariga koʻra, jabrlanganlarning 92 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 63 nafari hozirda uydan chiqarilgan, 205 nafar jabrlanuvchiga ambulator yordam koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, “Krokus Siti Xoll”dagi terakt qurbonlari sonining ortishi odamlar fojia joyini shok holatida tark etgani va darhol tibbiy yordamga murojaat qilmagani bilan izohlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing