Kuvonchbek Ismoilov yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 jahon chempioni bo‘ldi
Sport
Kuvonchbek Ismoilov Bratislavada o‘tkazilayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi vakili 63 kg vazn toifasidagi final bahsida Salim Karmaxovni 9:7 hisobida mag‘lub etdi.
Slovakiyadagi jahon chempionati dasturini yunon-rum kurashi bahslari boshlab berdi. Ismoilov hal qiluvchi bahsgacha yetib borib, finalda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik polvon 63 kg vazn toifasida U20 jahon chempioni bo‘ldi. Sport kurashi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionati 2026-yil 16–23 avgust kunlari Bratislavada o‘tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor