Lavrov: Rossiya Yevropa bilan tinchlikni yozma ravishda kafolatlashga tayyor

Dunyo

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvа Yevropa davlatlariga qarshi hujum qilmaslik majburiyatini yozma ravishda mustahkamlashga tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning NATO va Yevroittifoq mamlakatlariga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejasi yo‘q va Moskva “tinchlik siyosiy irodasiga” ega.

Lavrov: Rossiya Yevropa bilan tinchlikni yozma ravishda kafolatlashga tayyor
Lavrov Yevropadagi vaziyatni “militaristik kayfiyat” bilan izohlab, agar Yevropa ziddiyat yo‘lini tanlasa, Rossiya “hozirning o‘zida ham tayyor” ekanini aytdi. Shu bilan birga, u Moskvaning o‘zaro va huquqiy asosda rasmiylashtirilgan xavfsizlik kafolatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

The Wall Street Journalning yozishicha, AQSh Yevropa davlatlariga Rossiyani jahon iqtisodiga qaytarish va Yevropaga energetika yetkazib berishni tiklashni o‘z ichiga olgan reja taklif qilgan. Nashrga ko‘ra, mazkur taklif Vashington va Yevropa ittifoqchilari o‘rtasida keskin bahslarga sabab bo‘lgan.

Lavrov avvalroq Moskva Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha AQSh rejasining oraliq variantini kutayotganini bildirgan edi. U “Ankoridj ruhini va mazmunini” buzish har qanday kelishuvni “mutlaqo boshqa holatga” olib kelishini aytgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing