“LG” kompaniyasi “Alpha-able Future Mobility” elektromobili konsepsiyasini taqdim etdi
Texnologiya
Avtomobil nafaqat transport vositasiga, balki iste'molchilar uchun yanada ko’proq va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi joyga aylanadi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, avtomobilning ichki qismi vaziyat yoki maqsadga qarab o‘zgara oladi, xususan, tushlik uchun restoranga, ish uchun ofisga yoki hatto g‘ildirakli kinoteatrga aylanishi mumkin. “Transformable” konsepsiyasini amalga oshirish uchun avtomobilning saloni yanada moslashuvchan bo'ladi va yo'lovchilarda o’zgacha taassurot uyg’otib, barcha orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradi. Mazkur konsepsiya “LG”ning innovatsion displey yechimlari, jumladan, turli shakllardagi shaffof, moslashuvchan va buriluvchi displeylari, shuningdek, maishiy texnika sohasidagi so’nggi texnologiyalar tufayli amalga oshiriladi.
Shuningdek, kompaniyaning fikriga ko'ra, kelajak avtomobili har bir sayohatning maqsadi, davomiyligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda, turli vaziyatlarga moslasha olishi va, pirovardida, har bir iste’molchiga moslashtirilgan tavsiyalar va boshqa qulayliklar bilan aqlli sayohat tajribasini ta’minlashi darkor. “LG” kompaniyasi ilg'or sun'iy intellekt (AI) va kengaytirilgan haqiqat texnologiyasidan (XR, eXtended Reality) foydalanish tez orada “Explorable” imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam berishiga ishonadi.
Murakkab sun'iy intellektning tatbiq etilgani avtomobildan foydalanish tarzini yangi cho'qqilarga olib chiqadi va interaktiv ovozli yordamchilardan foydalanoyotgan yo’lovchilarga, sayohat davomiyligi va manzilni hisobga olgan holda, kerakli yechimlarni taklif etadi. Mazkur interaktiv ovozli yordamchilar kutilgan sayohat vaqtiga mos keluvchi ayni kerakli takliflar beradi. Bundan tashqari, to’ldirilgan reallik (AR) texnologiyasi va “LG”ning old oynalaridagi shaffof “OLED” displey bilan yo'lovchilar butunlay boshqa shaharga sho'ng'ishlari yoki avtomobilning salonini butunlay o'zgartirishlari mumkin bo’ladi.

Powered by Froala Editor