Los-Anjelesda birinchi Tesla restorani ochildi
Dunyo
Tesla brendi ostidagi ilk restoran — Tesla Diner Los-Anjelesda ochildi. U 250 dan ortiq mijozni qabul qila oladi, 80 ta zaryadlash stansiyasi, avtomobil kinoteatri va hatto robot ofitsiant bilan xizmat ko‘rsatadi.
Tesla kompaniyasi o‘zining ilk restoranini AQShning Los-Anjeles shahrida ishga tushirdi. Tesla Diner nomi ostida ishlovchi ikki qavatli restoran West Hollywood hududida joylashgan bo‘lib, kecha-kunduz ochiq.
Restoran menyusida an’anaviy fastfud — burger, tako va popkorn mavjud. Bino 250 dan ortiq mehmonni bir vaqtda qabul qila oladi. Avtoturargohda esa 80 ta elektr zaryadlash stansiyasi va ikki yirik ekranli drive-in kinoteatr mavjud.
Boshqa yangiliklar qatori — Optimus nomli insonsimon robot mehmonlarga popkorn ulashmoqda. Tesla avtomobil egalari esa buyurtmalarni mashina ichidan, multimedia tizimi orqali bera olishadi.
Ilon Maskning aytishicha, kompaniya bu restoranlarni nafaqat Tesla egalari, balki hamma uchun qiziqarli joyga aylantirmoqchi. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yirik shaharlarda va Supercharger stansiyalari yonida yangi Tesla Diner’lar ochiladi. Navbatdagi restoranlardan biri SpaceX kosmodromi yaqinida, Texasda ochilishi mumkin.
Ushbu loyiha ilk marotaba 2018 yilda e’lon qilingan, 2021-yilda esa Tesla AQSh Patent va savdo markaziga restoran xizmatlari uchun brendni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilgan.

Powered by Froala Editor