Mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi
Siyosat
Endilikda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Endilikda mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida soʻz ochdi.
Mirziyoyevga koʻra, amaldagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi. Jumladan, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi.
Shuningdek, 3 ta daftarga beriladigan mablag‘lar Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan
har bir mahallaga taqsimlab beriladi. Ya’ni, mablag‘ni ishlatish mahallaning o‘ziga, “yettilik” ixtiyoriga beriladi.
“Bu – mahallaga ham vakolat, ham mas’uliyat degani”, dedi Prezident.
“Mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, mahalla raisi “yettilik”ni rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy jazo choralarini tayinlash bo‘yicha ularning yuqori idorasiga taqdimnoma kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.

Powered by Froala Editor