Mahalliy sanoatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari bo‘yicha yig‘ilish boshlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Mahalliy sanoatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari bo‘yicha yig‘ilish boshlandi
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida hozirgi beqarorlik va noaniqlik sharoitida har bir mamlakat eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan tarmoqlarni himoya qilish choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

Bunday sharoitda qariyb bir million aholi band bo‘lgan to‘qimachilik, qurilish, mebel sanoatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotning yana bir drayveriga aylanishi kutilayotgan zargarlik tarmog‘iga yangi sur’at bag‘ishlash juda muhim, - dedi Prezident.

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foizga o‘sib, 290 trillion so‘mga yetgani qayd etildi.

"Bu bugungi murakkab vaziyatda o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasidir. Lekin, 29 ta tumanda ishlab chiqarish hajmi 4,5 trillion so‘mga kamaygan. Bu kichik raqamlar emas, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing