Malayziyadagi biznes-forumda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati namoyish etildi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 28-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Malayziya biznes-forumida ishtirok etdi. Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va sarmoyaviy imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratildi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatidagi so‘nggi yutuqlari, jumladan, o‘sish ko‘rsatkichlari, xalqaro brendlar va sarmoyalarni jalb etish borasidagi sa’y-harakatlar haqida gapirdi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq aʼzolari faol muzokaralar olib borishdi. M. Yunusov va Boshqarma boshligʻi F.Abdualimov Malayziya yirik kompaniya rahbarlari bilan elektrotexnika sanoatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni O‘zbekistonga jalb etish va eksport shartnomalarini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
“Go‘zal Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi ishtirokchilarini qutlashdan xursandmiz. Malayziyaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari – O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan do‘stlarimizni ko‘rishdan mamnun bo‘ldik. Kuala-Lumpur meri Kamarulzamon bin Mat Solih janoblaridan qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. Ishonchimiz komilki, bugungi biznes-forum o‘zaro hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi”, — dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tadbir O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqish, O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi.

Powered by Froala Editor