Mamlakatimizda besh oy ichida qancha olcha sharbati ishlab chiqarilgani ma'lum bo'ldi

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 4,2 ming tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan. Bu O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati xabarida keltirilgan.

Mamlakatimizda besh oy ichida qancha olcha sharbati ishlab chiqarilgani ma'lum bo'ldi
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, 2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4%ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7%), Pokiston (19,7%), Qozog‘iston (15,3%) va Xitoy (7,8%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvarь-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9% ini tashkil etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing