MAQATE O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot rivojlanishiga yordam beradi

O'zbekiston

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAQATE) O‘zbekistonga Yadroviy tibbiyot bo‘yicha Milliy strategiya va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda ekspert va konsultativ yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.

MAQATE O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot rivojlanishiga yordam beradi
Vena shahridagi O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, MAQATE mamlakatning yadroviy tibbiyot sohasida kompleks yondashuv yaratish tashabbusini yuqori baholadi. Agentlik ta’kidladi-ki, ushbu ish sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga, onkologik yordamga kirishni kengaytirishga va zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.

Yordam MAQATEning mavjud texnik hamkorlik dasturlari hamda 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakat rejasi doirasida taqdim etiladi. Agentlik barcha tadbirlarning xalqaro xavfsizlik standartlari va ilg‘or amaliyotga muvofiqligini ta’minlab, ekspert va konsultativ yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Shuningdek, MAQATE O‘zbekiston bilan radioterapiya, radiologiya va radiofarmatsiya sohalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirdi, bu esa mamlakatda yadroviy tibbiyot va unga yaqin sohalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing