Markaziy Osiyo davlatlari toğli hududlar barqarorligini oşiriş böyiça qo‘şma çoralarni muhokama qildi

Dunyo

BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Antaliyada Markaziy Osiyo davlatlari vakillari toğli hududlar barqarorligini oşiriş çoralarini muhokama qildi.

Markaziy Osiyo davlatlari toğli hududlar barqarorligini oşiriş böyiça qo‘şma çoralarni muhokama qildi
«Majburiyatlardan harakatlarga: Qirğiziston va Markaziy Osiyoning toğli hududlari barqarorligini oşiriş hamda ONUV 3.0 ni amalga oşiriş» tadbiri 10-noyabr kuni Qirğiziston pavilonida ötkazildi. Uni Qirğiziston Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) taşkil etdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi — Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Qirğiziston tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Akil Toktabayev, Turkiya atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim özgarişi vaziri Murat Kurum, Qozoğiston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Alibek Kuantirov, Tojikiston hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Bahodur Şeralizoda hamda Turkmaniston atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Ovezgeldi Goşjanov iştirok etdi.

Asosiy e’tibor Qirğizistonning yangilangan milliy hissasi — ONUV 3.0 ni amalga oşirişga qaratildi. U 2035-yilgaça çiqindilarni kamaytiriş va moslaşuv vazifalarini belgilaydi. Iştirokçilar majburiyatlarni tarmoq dasturlariga kiritiş, monitoring va hisobot tizimlarini takomillaştiriş hamda xalqaro moliyalaştirişni muhokama qildi.

Muzliklarning çekinişi, suv rejimining özgarişi, yerlar degradatsiyasi va xavfli tabiiy hodisalar toğ jamoalari hamda quyi oqim hududlarining suv va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir qilmoqda.

Iştirokçilar kriosferani saqlaş, suv resurslarini oqilona boşqariş, erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantiriş, ekotizimlarni tiklaş va mahalliy aholini qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi. Iqlimiy moliya va investitsiyalar ham muhokama qilindi.

Mintaqaviy hamkorlikni «suv — energetika — moslaşuv» uzviyligi asosida rivojlantiriş taklif etildi. Bu masalalar 2027-yilgi «Bişkek+25» Global toğ sammiti oldidan muhim. Tadbir hamkorlik yönalişlarini belgiladi. Iştirokçilar umumiy yeçimlarni muhokama qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing