Markaziy Osiyo Prezidentlari Berlinda Germaniya Prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat

Uchrashuvda amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovasion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo Prezidentlari Berlinda Germaniya Prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida 29-sentyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashgan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston rahbari “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratilgan.

“Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Yoshlarimizda nemis tiliga qiziqish ortib borayotgani ta’kidlandi – bugungi kunda yurtimizda uni qariyb 300 ming nafar maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rganmoqda. Suhbatda Germaniya Federal Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini Berlin shahridagi dunyoga mashhur Jeyms Simon galereyasida noyob madaniy-tarixiy ko‘rgazma muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Bir necha oy ichida ko‘rgazmaga 200 ming nafar berlinliklar va Germaniya poytaxti mehmonlari tashrif buyurdi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing