MDH davlatlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada boshlandi
O'zbekiston
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning final bosqichi boshlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, unda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalaridan 6 jamoa bellashmoqda.
Nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻz olganlar ushbu bellashuv kursantlarining bilim, koʻnikma va malakalarini namoyish etish bilan birgalikda xalqaro harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, ushbu xalqaro olimpiada oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish qaratilgan tanlov bo‘lib, harbiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ularni kasbiy ragʻbatlantirish, ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini sayqal toptirish, ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish va pedagogik metodikalarini yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda.
Olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasida 5 kun davomida o’tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro olimpiadaning o‘tgan yilgi bahslari yakuniga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari faxrli 1-oʻringa sazovor boʻlgan edi.

Powered by Froala Editor