MDH davlatlari prokurorlari xorijdagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralarni kelishib oldi

O'zbekiston

MDH davlatlari bosh prokurorlari o‘rinbosarlari xorijdagi aktivlarni qaytarishning yangi yondashuvlarini muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda qo‘shma choralarni ishlab chiqdi. Uchrashuv 20-avgust kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori o‘rinbosari Pyotr Gorodov raisligida o‘tkazildi.

MDH davlatlari prokurorlari xorijdagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralarni kelishib oldi
Tadbirda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari, shuningdek, MDH davlatlari bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining Ijrochi kotibi Yuriy Jdanov ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor MDH davlatlari hududidan tashqarida joylashgan aktivlarni qaytarish sohasidagi zamonaviy muammolar va ehtimoliy yechimlarga qaratildi. Muhokamalar yakunida, jumladan, MDH doirasidagi xalqaro shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi qo‘shma choralar belgilandi.

Ishtirokchilar milliy tajriba va hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan almashdi. Vakolatli organlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqalarni rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari 30-sentabr kuni Qozon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH davlatlari bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining 36-majlisiga tayyorgarlik jarayonida foydalaniladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing