Messi mavsum oxirida PSJni tark etadi

Sport

Argentinalik hujumchi Lionel Messi shanba kuni "Pari Sen-Jermen" uchun "Klermon" ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazadi, dedi murabbiy Kristof Galtier payshanba kuni.

Messi mavsum oxirida PSJni tark etadi
Argentinalik yulduz Lionel Messi shanba kuni PSJ safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi: “Men futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldim. Bu uning PSJdagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi va umid qilamanki, u eng iliq kutib olinadi», - dedi murabbiy Galtier payshanba kuni jurnalistlarga. Uning so'zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.

Ushbu mavsumdagi barcha musobaqalarda "PSJ" uchun 21 ta gol va 20ta golga assistentlik qilgan Messi 2021 yilda ikki yillik shartnoma asosida «Barselona»dan Fransiya poytaxtiga ko‘chib o‘tgandi.

“U bu yil jamoaning muhim qismi edi, u doim tayyor edi. Fikrlar yoki tanqidlar o‘rinli deb o‘ylamayman”, dedi Galtier. “U har doim jamoa uchun bor edi. Mavsum davomida unga hamroh bo'lish men uchun katta sharaf edi”, - deya qo'shimcha qildi u.

So'nggi paytlarda Messining PSJdagi kelajagi ko'plab mish-mishlarga sabab bo'ldi: Argentina terma jamoasi sardoriga yaqin manba Reuters agentligiga keyingi mavsumda Saudiya Arabistonining Al-Hilal klubiga o'tish bo'yicha rasmiy taklif olganini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing