Mevlut Chavushog’li Bright Uzbekistan jurnalini shaxsan qabul qildi

Maxsus loyiha

Turkiya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida, Turkiya Respublikasining Buyuk milliy Majlisi deputati Mevlut Chavushog’li boshchiligidagi delegatsiya Farg’ona shahridagi CAMU universitetiga tashrif buyurdi.

Mevlut Chavushog’li Bright Uzbekistan jurnalini shaxsan qabul qildi
Amaliy tashrif bilan O’zbekiston Respublikasiga kelgan Turkiya delegatsiyasining kun tartibida Farg’ona shahridagi Markaziy Osiyo Tibbiyot Universitetiga tashrif joy olgan edi.

Mevlut Chavushog’li boshchiligidagi delegatsiyani tantanali ravishda Universitet rektori Nurillo Mamasadikov boshchiligidagi jamoa hamda Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev kutib olishdi.

Mehmonlar universitet bilan yaqindan tanishib, unda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi. Uchrashuv davomida Davron Abdullayev Mevlut Chavushog'lga Bright Uzbekistan jurnalining ikkinchi sonini taqdim etdi. Unda Mevlut Chavushog’lining Turkiya tashqi ishlar vaziri bo'lgan davridagi eksklyuziv intervyulari jamlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing