Minnesota migratsiyaga qarshi operatsiyani yakunlamoqda
Dunyo
AQShning Minnesota shtatida noqonuniy migratsiyaga qarshi federal operatsiya yakunlanish arafasida. Oq uy bu qaror mahalliy hokimiyatlarning federal xizmatlar bilan hamkorligi kuchaygani ortidan qabul qilinganini bildirdi.
Prezident Donald Tramp ma’muriyatida chegara nazorati bo‘yicha koordinator Tom Homan operatsiya davlat rahbari roziligi bilan yakunlanayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda shtat rasmiylari federal immigratsiya xizmatlari bilan faolroq hamkorlik qilgan, natijada noqonuniy migratsiya darajasi pasaygan va Minnesota “panoh shtati” maqomidan uzoqlashgan.
Homan operatsiyani bosqichma-bosqich tugatish jarayonini nazorat qilish va erishilgan natijalarni mustahkamlash uchun shtatda yana bir muddat qolishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil yanvarida reydlar va ularga qarshi namoyishlar vaqtida federal xodimlar ikki nafar AQSh fuqarosini otib o‘ldirgan. Bu hodisa keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan.
Federal rasmiylar operatsiya yakunlangach ham immigratsiya qonunchiligi ustidan nazorat odatdagi tartibda davom etishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor