Mintaqa yagona ta’lim makoniga yaqinlashmoqda
O'zbekiston
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish mexanizmi kelishib olindi. 12-noyabr kuni Qozog‘iston ushbu hukumatlararo bitimni ma’qullovchi qarorni tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, besh respublikaning akkreditatsiyadan o‘tgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinadi.
Diplomlar boshqa MO davlatida ishga joylashish, stajirovka o‘tash yoki o‘qishni davom ettirish jarayonida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, mutaxassisning malakasi oliy ta’lim bo‘yicha umumiy talablarga mos kelishi lozim. Agar talablar orasida sezilarli farqlar aniqlansa, davlat boshqa mamlakat diplomi tan olinmasligi mumkinligini bildiradi.
Bitimga ko‘ra, davlatlar turlicha yondashuvni qo‘llaydi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston MO mintaqasidagi istalgan OTM diplomlarini hisobga olishga rozi bo‘lgan. Qozog‘iston esa faqat jahondagi top-1000 reytingiga kirgan OTM diplomlarini tan oladi.
Qolgan Markaziy Osiyo davlatlarining ushbu bitimni rasmiy tarzda ma’qullagani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Powered by Froala Editor