Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
Iqtisodiyot
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda hudud iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari qayd etilib, energetika, infratuzilma, investitsiyalar va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
So‘nggi yillarda hudud uchun qo‘shimcha imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari ikki barobar kamaytirildi, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi. O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1,7 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 barobar ko‘p. Joriy yilning birinchi yarmida hudud iqtisodiyoti 10,2 foiz o‘sdi.
Energetika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda 860 megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi, «yashil» energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish to‘rt barobar oshib, 5,33 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi. Qo‘ng‘irot tumanida qiymati 2,6 milliard dollarlik, quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. 2030-yilgacha shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 3,3 gigavattga, «yashil» energiya ulushini 76 foizga yetkazish va 400 megavattli energiya saqlash quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari ham davom etmoqda. A-380 avtomobil yo‘lining 92 kilometrlik qismi qurilishi boshlandi. Loyiha qiymati 233 million dollar. Natijada tranzit 1,5 barobar oshishi kutilmoqda. Kelasi yil mart oyidan Toshkent — Nukus tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, safar vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.
Prezident «resursdan tayyor mahsulotgacha» tamoyili asosida yangi sanoat va investitsiya xaritasini yaratish vazifasini belgiladi. «Qo‘ng‘irot — Qorao‘zak — Taxiatosh» yo‘nalishi «yashil sanoat yo‘lagi» va «intellektual iqtisodiyot uchburchagi»ga aylantiriladi.
Sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlari uchun maxsus zonada umumiy qiymati 8 milliard dollarlik oltita loyiha amalga oshiriladi. 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqilib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.
Uch yil ichida Nukus, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor