Mirziyoyev TDT sammitida muhim takliflarni ilgari surdi

Siyosat

Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oltita muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Mirziyoyev TDT sammitida muhim takliflarni ilgari surdi
Davlat rahbarining ta‘kidlashicha, hozirgi sharoitda Tashkilot doirasida o‘zaro hurmat, ishonch va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, birgalikda turli to‘siqlarni samarali yengib o‘tish bosh maqsad bo‘lishi kerak va “Turkiy dunyo xartiyasi”ni ishlab chiqish zarur.

Bundan tashqari, Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish ishlarini faollashtirish muhimligini qayd etib, ushbu moliya muassasasini Toshkent shahrida joylashtirish taklifini bildirdi.

Shuningdek, Turkiy davlatlar savdo hamkorligi tadqiqot markazini tashkil etish taklifini ham ilgari surdi.

Prezident yuk tashuvlariga o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida O‘rta koridor salohiyatini kengaytirish choralarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, qo‘shimcha ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga a’zo mamlakatlar orqali o‘tadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirishni, shu maqsadda Turkiy davlatlar Temir yo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini O‘zbekistonda joylashtirishni taklif etdi.

iqlim o‘zgarishlari tufayli yuzaga kelayotgan turli muammolardan butun insoniyat qattiq aziyat chekmoqda. Bunday holat barchadan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilmoqda.

O‘zbekiston rahbari vazirlar darajasida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan Turkiy ekologiya forumining tuzilishi bu yo‘lda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz ekanini bildirdi.

Bundan tashqari, turkiy sivilizatsiyani yuksaltirish g‘oyasi texnologik taraqqiyot va ilg‘or bilimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bevosita bog‘liqligini ta‘kidladi.

Shu bilan birga, yangilikka intilib yashaydigan, tashabbuskor o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish uchun O‘zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazini ochishni taklif qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing