Moldova YeI a’zoligining texnik bosqichini boshladi

Siyosat

Mamlakat milliy qonunchiligining Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiqligi baholangan.

Moldova YeI a’zoligining texnik bosqichini boshladi
Moldova Yevropa Ittifoqiga qo'shilishning texnik bosqichini boshladi.

Bu haqda Moldova Bosh vazirining Yrvropa integratsiyasi bo'yicha o'rinbosari Kristina Gerasimova ma'lum qildi.

"7-fevral kuni biz Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha texnik ishlarning birinchi bosqichiga kirdik. Mamlakatimizning zamonaviy tarixida biz Yevropa Ittifoqi bilan eng chuqur va yaqin aloqalarga egamiz", dedi u.

Moldova diplomati birinchi bosqichda milliy qonunchilikning Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiqligini baholash amalga oshirilganligini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing