Kreml: Moskva AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvini kuzatdi

Siyosat

“Bunday uchrashuvlarni o‘tkazish bu davlatlarning huquqidir. Biz bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz”, deydi Peskov.

Kreml: Moskva AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvini kuzatdi

Rossiya AQSh Prezidenti Jo Baydenning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvini kuzatdi, biroq Moskva uchun asosiysi mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettirishdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv yakunlarini sharhlar ekan, ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

“Osiyo davlatlari, albatta, AQSh bilan o‘z munosabatlariga ega. Albatta, bunday uchrashuvlarni o‘tkazish bu davlatlarning huquqidir. Biz bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz. Biz uchun asosiysi bu emas, asosiysi muloqotimizni davom ettirishdir”, dedi Kreml vakili.

“Bilasizmi, Rossiya va “Markaziy Osiyo beshligi” oʻrtasida oʻziga xos muloqot bor, bizning oʻzimizning integratsiya jarayonlarimiz bor, biz ularga eʼtibor qaratamiz, bu biz uchun nihoyatda muhim.

C5+1 formati (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH) 2015-yilda yaratilgan va tashqi ishlar vazirlari va ekspertlar darajasida oʻtkazilgan. Bu galgi uchrashuv birinchi marta Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida davlat rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH Prezidentlari Jo Bayden, Qozogʻiston Qosim-Jomart Toʻqayev, Qirgʻiziston Sadir Japarov, Tojikiston Imomali Rahmon, Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing