Moskva metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Dunyo

Moskva metrosida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etildi. Bu haqda Moskva transport departamenti xabar berdi.

Moskva metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Metroning kirish qismida yo'lovchilarni sinchkovlik bilan tekshirish tashkil etilgan. Rossiya transport departamentida yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash uchun Moskva metropolitenining stansiyasida "Sfera"video tahlil tizimi ishlayotganligi qayd etilgan.

"Joriy etilgan choralarni to’g’ri qabul qilishni so'raymiz. Bizning eng muhim vazifalarimizdan biri bu jamoat transportida sayohatlaringiz xavfsizligini ta'minlashdir", — deyiladi idorada.

Rossiya mintaqalaridagi transport infratuzilmasi obyektlarida xavfsizlik choralari Krasnogorskdagi Crocus City Hall teraktidan keyin kuchaytirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing