Moynaqda O‘zbekistonning birinchi modul tipidagi havo harakatini boshqarish punkti ochildi

O'zbekiston

Moynaq shahrida O‘zbekiston tarixida ilk bor modul tipidagi havo harakatini boshqarish punkti ishga tushirildi. U mamlakatning g‘arbiy hududlarida parvozlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi, deb xabar berdi “Uzaeronavigatsiya”.

Moynaqda O‘zbekistonning birinchi modul tipidagi havo harakatini boshqarish punkti ochildi
Idora ma’lumotiga ko‘ra, yangi punkt zamonaviy aloqa, kuzatuv va boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, havo harakatining xavfsizligi va samaradorligini ta’minlaydi.

“Uzaeronavigatsiya” ta’kidlaganidek, bu majmua xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi va sutkada 24 soat ishlash imkoniyatiga ega.

Mazkur loyiha O‘zbekiston havo navigatsiya tizimini modernizatsiya qilish hamda mintaqaning transport infratuzilmasidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing