MrBeast ilk bor Markaziy Osiyoga kelib, Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi
Biznes
Dunyodagi eng mashhur YouTube blogeri MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Jimmy Donaldson 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi. Bu uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘ladi.
Ochiq uchrashuv O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov orqali 200 kishi aniqlanadi va ular bloger bilan shaxsan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir ishtirokchilari uchun interaktiv o‘yinlar va viktorinalar tashkil etiladi. G‘oliblarga qimmatbaho sovrinlar topshiriladi.
Asl ismi Jimmy Donaldson bo‘lgan MrBeast YouTube platformasidagi eng yirik kontent yaratuvchilardan biri hisoblanadi. Tadbir anonsida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning YouTube kanaliga hozirda 520 million kishi obuna bo‘lgan.
Kanalda e’lon qilingan barcha videolarning umumiy ko‘rishlar soni 141 milliarddan oshgan. Bu ko‘rsatkichlar MrBeast’ni platformadagi eng mashhur blogerlardan biriga aylantiradi.
Toshkentdagi uchrashuv Markaziy Osiyodagi muxlislar uchun bloger bilan ochiq tadbirda uchrashishning ilk imkoniyati bo‘ladi. Unda faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tasodifiy tanlov orqali tanlangan 200 kishi qatnashadi.

Powered by Froala Editor