Mulk Protocol – INMerge 2025 forumining eng yaxshi startapi
Biznes
O‘zbekistonning fintex startapi Mulk Protocol Boku shahrida o‘tgan InBattle Startup Awards tanlovida g‘olib chiqdi. Loyihaning asosiy g‘oyasi — aktivlarni shariat qoidalariga mos tokenizatsiya qilish imkonini beruvchi investitsion platforma yaratishdir.
O‘zbekistonlik Mulk Protocol startapi INMerge Innovation Summit 2025 doirasida o‘tgan InBattle Startup Awards tanlovida g‘olib deb topildi. Bu — Markaziy Yevrosiyoning eng yirik innovatsion forumi bo‘lib, u 29–30 sentabr kunlari Boku Kongress markazida o‘tkazildi.
Tanlovda mintaqaning 40 ta startapi ishtirok etdi. Mulk Protocol shariat tamoyillariga mos tokenizatsiya tizimini taqdim etib, asosiy mukofot — 30 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.
Tokenizatsiya — bu aktivlarga egalik huquqini (masalan, ko‘chmas mulk yoki biznes) raqamli token ko‘rinishida ifodalovchi blockchain texnologiyasi bo‘lib, u aktivlarni ulushlarga bo‘lish va sarmoya jalb qilishni osonlashtiradi.
Mulk Protocol’ning farqli jihati shundaki, u foiz, kredit yoki spekulyatsiyaga asoslangan mexanizmlarni istisno etadi. Buning o‘rniga shariatga mos sheriklik modellari — musharaka (hamkorlikda sarmoya kiritish va foyda/zararni bo‘lishish) va mudaraba (bitta tomon kapital, ikkinchisi boshqaruvni ta’minlaydi) qo‘llaniladi.
INMerge Innovation Summitni PASHA Holding tashkil etdi. Tadbirda 5000 dan ortiq ishtirokchi, 150 xalqaro spiker, 100 startap va 80 dan ortiq venchur fondlar qatnashdi. Forumda Pixar asoschisi Ed Katmull va Netflix hammuassisi Mark Rendolf ishtirok etib, fintex, sun’iy intellekt, barqaror bank tizimi va “4.0 sanoat” mavzularini muhokama qildilar.

Powered by Froala Editor