Munxen Xavfsizlik konferensiyasi transatlantik munosabatlar keskinlashgan fonida boshlanadi

Dunyo

13–15 fevral kunlari Munxenda yilning an’anaviy xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 50 dan ortiq davlat rahbarlari va deyarli 100 nafar vazir ishtirok etib, xalqaro masalalarni muhokama qiladi.

Munxen Xavfsizlik konferensiyasi transatlantik munosabatlar keskinlashgan fonida boshlanadi
Munxen Xavfsizlik konferensiyasi juma, 13 fevral kuni Germaniyada boshlanadi. U uch kun davomida 50 dan ortiq davlat rahbarlari va deyarli 100 nafar vazirni birlashtiradi.

AQShni Davlat kotibi Marko Rubio, bir nechta kongressmenlar, prezidentning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va prezidentning kuyovi Jared Kushner vakillik qiladi. Shuningdek, Xitoy TIV rahbari Van I, Hindiston, Braziliya, Shveytsariya va Avstriya vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Nemis ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, konferensiya doirasida Germaniya kansleri Fridrix Merts, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘rtasida alohida uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Konferensiya transatlantik munosabatlardagi keskinlashuv fonida o‘tmoqda, bu esa xavfsizlik va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishni ayniqsa dolzarb qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing