Muxlislar va blogerlardan iborat guruh avtomobillarda Fransiyaga yo‘l oldi
Sport
Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muxlislar va blogerlardan iborat guruh avtomobillarda Fransiya tomon yo‘lga chiqdi. Erta tongda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ushbu jamoani kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, 8 kishidan iborat jamoa aʼzolari va muxlislar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan rasmiylar O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida eng katta tarkib bilan ishtirok etadigan Olimpiya o‘yinlarida muxlislar guruhining ham qatnashishi atletlarimizga katta motivatsiya berishi, davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tayyorgarlikning so‘nggi davri yuqori darajada o‘tkazilayotgani haqida gapirib, safarga otlanayotgan yurtdoshlarimizga oq yo‘l tilashdi.
Shuningdek, O‘FA muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Abdurahmon Fozilov yo‘l-yo‘lakay barcha davlatlarda O‘zbekiston nomini yana-da tanituvchi turli materiallar tayyorlab olingani, jamoa bilan atletlarimizni qo‘llab-quvvatlash orqali delegatsiyamizning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishni maqsad qilishgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Rejaga ko‘ra, guruh bugun Samarqand shahriga yetib boradi. Tushdan keyin Registon maydonida, 6-iyul kuni Buxoro va Xiva shaharlarida, 7-iyul kuni esa Nukus shahrida hamyurtlarimiz bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor