O‘zbekistonga yarim yilda 1,8 mln dona mobil telefon import qilindi
Texnologiya
2024 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 171,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,8 million dona mobil telefon xorijdan olib kelindi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyun oylarida katta miqdorda mobil telefon import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Xitoydan mamlakatga jami 1,5 million dona mobil telefon olib kirilgan bo‘lib, bu umumiy importning asosiy qismini tashkil qiladi.
Vetnamdan esa 288,8 ming dona mobil telefon import qilingan, Hindistondan esa 42,8 ming dona telefon olib kirilgan. Gonkongdan esa 16,8 ming dona mobil telefon import qilingan bo‘lib, bu O‘zbekistonga kiritilgan jami mobil telefonlarning eng kichik qismi hisoblanadi.
Mazkur import hajmi O‘zbekistonda mobil aloqa vositalariga bo‘lgan katta talabni aks ettiradi va bozorning global tarmoq bilan qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor