NASA astronavtlari Yerga qaytdi

Dunyo

Orbitadagi to‘qqiz oylik parvozdan so‘ng NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams nihoyat Yerga qaytib kelishdi. Ularning missiyasi atigi sakkiz kun davom etishi kerak edi, ammo Starliner kemasi bilan bog‘liq texnik muammolar tufayli ular eng uzoq ekspeditsiyalardan birining a’zosi bo‘lishdi.

NASA astronavtlari Yerga qaytdi
Uilmor, Uilyams, shuningdek, NASA astronavti Nik Xeyg va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunovdan iborat ekipaj 18-mart kuni ertalab XKSdan ajralib chiqdi. SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kapsulasi Yerning tortish kuchidan to‘rt baravar yuqori bo‘lgan ortiqcha yukni yengib, atmosferaga kirdi va Florida qirg‘oqlariga ohista yetib keldi.

Missiya 2024-yil iyun oyida boshlangan. Tez orada texnik nosozliklar aniqlandi va kemaning qaytishi xavfli deb topildi. Sentyabr oyida Starliner Yerga bo‘sh qaytdi, Uilmor va Uilyams esa orbitada qolib, keyingi boshqariladigan parvozni kutishdi.

NASA astronavtlarni sentyabr oyida stansiyaga yetib kelgan SpaceX kemasida Crew-10 ekipaji bilan birga qaytarishga qaror qildi. Biroq, missiya olti oyga mo‘ljallangan edi, shuning uchun qaytish muddati 2025-yil martigacha cho‘zildi.

Qaytgach, Butch Uilmor va Suni Uilyams Xyustondagi Lindon Jonson kosmik markaziga yo‘l olishadi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va Yerning tortishish kuchiga moslashishlari kerak bo‘ladi: uzoq vaqt vaznsizlikda bo‘lish tufayli astronavtlarning suyak zichligi pasayadi, mushak massasi yo‘qoladi va suyuqlikning qayta taqsimlanishi ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.

Qiyinchiliklarga qaramay, astronavtlar o‘zlarining kosmik sarguzashtlaridan mamnun bo‘lganliklarini tan olishdi. Hatto Suni Uilyams ayollar o‘rtasida ochiq kosmosda vaqt o‘tkazish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing